MRLG ®

Jins:
Yigit
Staj:
1 yil 1 oy
Xabarlar:
465
Taqiq:

1. Umumiy qoidalar
1.1. Quyidagi Qonun-qoidalar forumda va foydalanuvchilar o'rtasidagi muloqotni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan. Qoidalar ushbu forumning barcha foydalanuvchilariga tegishli va ular bu qoidalarga rioya qilishlari shart.
1.2. Trekerning faoliyatini yaxshilashga qaratilgan taklif va mulohazalar mamnuniyat bilan ko‘rib chiqiladi. Treker faoliyatidagi istalgan kamchiliklar haqida bizga xabar berishingizni iltimos qilib qolamiz. Treker faoliyati bilan bog'liq umumiy savollaringizni forumning "Forumni rivojlantirish bo'yicha takliflar" bo'limida muhokama qilishingiz mumkin. Qolgan barcha shaxsiy masalalarni hal etishda esa shaxsiy xabarlardan (SHX) foydalanishni tavsiya qilamiz.
1.3. Treker ma'muriyati joylashtiriladigan turli informatsion ma'lumotlar yorliqlari, shuningdek, turli davlatlar qonunchiligida ta'qiqlangan material va informatsiyalardan foydalanish keltirib chiqaradigan barcha natija va oqibatlar uchun hech qanday javobgarlikni o'z mas'uliyatiga olmaydi.
1.4. Ma'muriyat zaruriyat tug'ilganda mazkur qoidlarni aniqlashtirish va o'zgartirish huqiga ega. O'zgartirishlar "Sayt Yangiliklari" bo'limida e'lon qilinadi.
2. Registratsiya (Ro'yxatdan o'tish)
2.1. Forumdan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tish zaruriy shart hisoblanadi. Ro'yxatdan o'tish orqali forumning barcha Qoidalariga rioya qilish majburiyatini olasiz. Agarda joriy Qoidalar Sizni qoniqtirmasa, iltimos, forum Administratoriga murojaat qiling. U Sizning akkauntingizni (profilingizni) o'chirib tashlaydi.
2.2. Foydalanuvchi nomini (login, nik) tanlashga mas'uliyat bilan yondashishingizni so'raymiz. Uni keyinchalik o'zgartirish imkoni mavjud emas! Sizning forumda qatnashish uchun tanlagan nomingiz tarkibida nonormativ leksika, saytlar reklamasi, Ma'muriyat qatnashchilari nomlariga taqlid nomlarni joylashtirish taqiqlanadi.
2.3. Parol - bu foydalanuvchi akkauntini himoyalash mexanizmi. U qanchalik qiyin bo'lsa, akkauntingizning xavfsizligi shuncha yuqori bo‘ladi. Foydalanuvchi o'z parolini uning oddiyligi natijasida yoqotib qo'yishiga Ma'muriyat javob bermaydi.
2.4. Foydalanuvchilarning avatarlari GIF, JPG va PNG formatlarda, o‘lchamlari esa ko'pi bilan 125x125 pikselda bo'lishi talab qilinadi. Avatar tarkibida zo'ravonlik, tahdid (demografik, milliy, diniy yoki siyosiy asosda), so'kinish, xaqorat (nonormativ leksika, qo'pollik) mumkin emas, faxsh, buzuqlik (pornografiya), istalgan ko'rinishdagi kamsitish, kommersiya, reklama va reklama matnlari, ushbu resurs unvon-darajalarini qalbakilashtirish, administratsiya a'zolari avatarlariga ataylab o'xshatish, shuningdek ig'vogar tasvirlar, shu bilan birgalikda millatchilik belgilari qo'llanilgan tasvirlardan foydalanish taqiqlanadi. Haddan ortiq miltillovchi avatarlar taqiqlanadi (miltillash darajasi administratsiya tomonidan aniqlanadi).
2.5. Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tish vaqtida olgan personal (shaxsiy) ma'lumotlarini (login va parol, passkey) boshqa shaxslarga bermaslik va personal ma'lumotlari yo'qolishi, o'g'irlanishi yoki boshqa istalgan yo'llar bilan uzatilishi natijasida vujudga keladigan barcha oqibatlarga javob berish majburiyatini oladi.
3. Umumiy ta’qiqlar
3.1. Reytingni qalbakilashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan hatti-harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Bunday holat aniqlansa, akkaunt ogohlantirishsiz o‘chirib tashlanadi.
3.2. Texnik yoki boshqa vositalar yordamida fayl almashinuviga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. Xususan, tarqatish kanalini chegaralab yopib qo‘yish ham taqiqlanadi.
3.3. Bitta shaxs tomonidan bittadan ortiq akkaunt yaratish taqiqlanadi.
3.4. Bitta akkaunt bir nechta shaxslar tomonidan foydalanilishi taqiqlanadi.
3.5. Forum orqali kommersiya bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
3.6. Istalgan turdagi reklama ko‘rinishi taqiqlanadi.
3.7. Tarmoqning boshqa resurslariga olib tashlovchi ochiq va yopiq ko‘rinishdagi yorliqlarni (istisno tarzida, tarqatmalarning uy sahifasi yoki film/dastur tavsifiga, sempl va skrinshotlarga, shuningdek Ma’muriyat tomonidan ruxsat berilgan maxsus yorliqlar) tarqatish va joylashtirish taqiqlanadi.
3.8. Forumda muloqotda o'zbek tilidan farq qiluvchi tildan va lotin shriftidan farq qiluvchi shriftidan foydalanish taqiqlanadi. "Rus va Ingliz tilida so‘zlashuvchilar uchun" bo‘limidan tashqari.
3.9. Translit, FAQAT KATTA HARFLAR, KATTA va kichik harflarning KoMbInAtsIyaSi bilan yozish taqiqlanadi.
3.10. Forum foydalanuvchilarini istalgan ko‘rinishda xaqorat qilish taqiqlanadi.
3.11. Forumda xaqoratlovchi ibora va so‘zlardan foydalanish taqiqlanadi, shuningdek yashirin formada xam.
3.12. Ommaviy, milliy, diniy yoqtirmaslik, xush ko‘rmasliklarni namoyish etish va ig‘vogarlik bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
3.13. Terrorizm, narkotik va boshqa umumiy qoidalarga mos kelmaydigan mavzularni tashviqot qilish taqiqlanadi.
3.14. Tarqatmalarning izoh va tavsifidan aniq bir shaxsga mo‘ljallangan shaxsiy xabarlarda foydalanilish taqiqlanadi.
3.15. Resurs sahifalarida registratsiyaning turli boshqa yo‘llarini (seriya nomerlari, buzish usullari va h.) keltirish taqiqlanadi.
3.16. Ommaviy tarzda Moderator yoki Administratorning xatti-xarakatini muhokama qilish va da’vo bilan chiqish.
4. Tarqatmalarni yuklash
4.1. Foydalanuvchi reytingini (yuklash/tarqatish nisbati) 1.00 darajadan pasaytirmasligi kerak. Shuni eslab qolingki, bitta tarqatuvchi barchaning talabini qondira olmaydi, va shuning uchun har bir foydalanuvchi boshqa qatnashchilarga ko‘maklashishda qo‘lidan keladigan yordamini ayamasligi kerak.
4.2. Agarda Siz tarqatmani birinchilardan bo‘lib yuklab olsangiz (tarqatmadagi reytingingiz 1.00 dan yuqori bo‘lsa ham) yoki Siz yagona tarqatuvchi bo‘lganingiz tarqatishni tark etmasligingizni qat’iy ravishda tavsiya etamiz. Esingizdan chiqarmangki, keyingi safar aynan Siz hali yuklab olishga ulgurmaganlar orasida bo‘lishingiz mumkin. Tarqatmani tark etishdan oldin trekerdagi tarqatuvchilar va yuklovchilar sonini tekshiring (qarib barcha torrent-klientlar ularning noaniq sonlarini ko‘rsatishadi) - boshqalarga yuklab olishda yordam bering, va shunda Sizga ham qachondir yordam berishadi.
4.3. Aniq bir tarqatma bilan bog‘liq savollar tug‘ilganida shaxsiy xabar yoki izohlardan foydalangan holda tarqatuvchi bilan bog‘laning. Tarqatuvchi tomonidan noto‘g‘ri reaksiya yoki reaksiya bo‘lmagan holda, Ma’muriyatga murojaat qiling.
4.4. Agar yuklab olgan tarqatmangiz ishlamaydigan yoki berilgan tavsifiga mos kelmaydigan bo‘lsa, darhol mos keluvchi bo‘lim Moderatorlaridan biriga muammoning batafsil tavsifi va tarqatmaning yorlig‘i bilan murojaat qiling.
5. Tarqatuvchilar uchun
5.1. Tarqatma muallifi tarqatmada keltirilgan materialning butunligi va to‘liqligini ta’minlashi shart.
5.2. Tarqatma tavsifi o'zbek tilida berilishi kerak. Boshqa (masalan, original) tildagi tavsif o'zbek tilidagi tavsifga qo‘shimcha tarzida berilishi mumkin.
5.3. Trekerda mavjud bo‘lgan, takroriy materiallarni tarqatish qat’iyan man etiladi. Na tarkibi, na sifati jihatidan farq qilmaydigan informatsiya takroriy informatsiya hisoblanadi.
5.4. Agarda Siz hali biror marta ham torrent-reliz yaratmagan bo‘lsangiz, Yo‘riqnoma, FAQ (yoki ChaVO) bo‘limini o‘qib chiqing, boshqa foydalanuvchilardan yordam so‘rang, oldindan bu haqda ogohlantiring - Sizga yordam berishadi va to‘g‘ri tushunishga harakat qilishadi.
5.5. Har bir tarqatmaga kamida 16 Kbayt/s (~ 1 Gb sutkada) ajrating. Agarda Siz tarqatish jarayonini qo‘llab-quvvatla olmasangiz, o‘zingizning ham, boshqalarning ham asabini asrab qoling. Ayniqsa, agar katta hajmdagi materialni tarqatmoqchi bo‘lsangiz.
5.6. Tarqatmangizni yetarli uzoq vaqt davomida qo‘llab-quvvatlay olishingizga ishonch hosil qiling. Kechayu-kunduz tarqatishga harakat qiling. Qaysi vaqtda tarqatishingiz/tarqamasligingiz haqida oldindan ogohlantiring.
5.7. Agarda tarqatish jarayoni bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, tarqatma izohlarida bu haqida xabar bering - bu ko‘plab bezovta kishilarning asabini asrab qoladi. Esingizdan chiqarmang, materialni joylashtirib, Siz o‘zingizga uni qo‘llab-quvvatlash majburiyatini olasiz.
5.8. Bir vaqtning o‘zida bir nechta reliz yaratish taqiqlanadi, agarda Siz ushbu relizlarni tarqata olish imkoniyatiga ega bo‘lmasangiz, ya’ni har bir reliz uchun kamida 10 Kbayt/s tezlikni taminlay olmasangiz.
5.9. Siz tarqatmangizni kamida 3 kishi to‘liq yuklab olguncha yoki 2 ta tarqatuvchi paydo bo‘lguncha qo‘llab-quvvatlashangiz shart. Yuklovchilar umuman bo‘lmagan holda esa tarqatma yaratilgan vaqtdan boshlab 72 soat o‘tmaguncha tarqatmani qo‘llab-quvvatlashangiz shart.
5.10. Umumaxloq qoidalarini buzuvchi sahna va predmetlarning hujjatli lavhalarni, pornografik xarakterdagi materiallarni, turli Ma’lumotlar Bazasi va qonunda ochiq foydalanishga ruxsat etilmagan boshqa turdagi materiallarni tarqatish qat’iyan man etiladi.
5.11. Tarqatmani yaratishdan oldin direktoriyangizda (papka) turli xildagi yordamchi fayllarning yo‘qligiga ishonch hosil qiling (descript.ion, thumbs.db, va b.). Bu turdagi fayllar operatsion tizim tomonidan o‘zgartib turiladi va xesh qiymatning buzilishiga olib keladi, buning natijasida tarqatmani qayta yaratishga majbur bo‘lasiz.
5.12. Tarqatmani tavsiflashda iloji boricha barcha informatsion bo‘limlarni to‘ldirishga harakat qiling. Bu tavsifingizni batafsil va tushunarli qilishga yordam beradi.
5.13. Skrinshotlar faqatgina Eskiz ko‘rinishida keltirilishi kerak. Tarqatmaning asosiy muqovasini (oblojka) miniatyura ko‘rinishida keltirish taqiqlanadi. Barcha video-materiallarning skrinshotlari real o‘lchamlarni akslantirishi shart. Poster (muqova) va skrinshotlarda tashqi resurs reklamalarini joylashtirish taqiqlanadi. Skrinshot yaratish bo‘yicha batafsil ma’lumotni ChaVO (Yo‘riqnoma, FAQ) bo‘limidan topishingiz mumkin.
5.14. Musiqiy tarqatmalarda kompozitsiyalar ro‘yxati (treklist) va video kompozitsyailarda skrinlistlar keltirilishi shart.
5.15. Musiqiy kompozitsiyalarning treklistlari, video kompozitsyailarning skrinlistlari va katta hajmdagi (40 qatordan ortiq) mantli tavsiflarni "Spoyler" tegi ostiga joylashtirish shart.
5.16. Arxivlangan tarqatmalar faqatgina quyidagi hollarda ruxsat etiladi: agar haqiqatdan ham tarqatma hajmini sezilarli darajaga kamaytirsa; yoki tarqatma tarkibidagi fayl va kataloglar 1000 tadan ortiq bo‘lsa. Boshqa hollarda arxivlash qat’iyan taqiqlanadi.
5.17. Parol bilan himoyalangan arxivlarni tarqatish taqiqlanadi.
5.18. Tarqatuvchilar kamida bir hafta davomida tarqatmalaridagi boshqa foydalanuvchilar qoldirishgan izohlarni kuzatib borishlari tavsiya etiladi.
5.19. Tarqatma mualliflari o‘zlarining tekshiruvdan o‘tgan relizlarining torrenti va tavsiflarini o‘chirib tashlashlari taqiqlanadi.
6. Izohlar (kommentarii)
6.1. Izohlar tarqatma bilan bog‘liq bo‘lgan turli texnik muammolarni (qanday o‘rnatish, ishlatish va h.), shuningdek, tarqatmaga bevosita bog‘liq bo‘lgan qiziqarli yoki muhim ma’lumotni boshqalarga yetkazish uchun ishlatiladi.
6.2. Mavzudan tashqari izohlar qoldirish taqiqlanadi (offtop).
6.3. Ketma-ket xabarlardan iborat izoh yaratish taqiqlanadi (overposting).
6.4. Ixohlarga haddan ortiq ko‘p iqtibos(sitata)lardan foydalanish taqiqlanadi (overkvoting).
6.5. Izohlarda ig‘vogarlik bilan shug‘ullanish va mojarolarni keltirib chiqarish taqiqlanadi (fleym).
6.6. Izohlarda ma’no va mazmunga ega bo‘lmagan xabarlarni qoldirish taqiqlanadi (flud).
6.7. Faqatgina smayllardan tashkil topgan izoh yaratish taqiqlanadi.
6.8. Foydali ma’lumoti va ma’no-mazmunga ega bo‘lmagan xabarlarni ("tezlik beringlar", "tarqatayapman", "iltimos tezroq" va h.) izohlarda qoldirish taqiqlanadi.
6.9. Yaratilgan izohni o‘zgartish taqiqlanadi, agarda u oldingi muloqot mazmunini buzsa.
6.10. Agarda Siz tarqatmaga qo‘shilmoqchi bo‘lmasangiz, va u hech qanday qoidalarni buzmasa, ushbu mavzuda izoh qoldirmang. Esdan chiqarmangki, tarqatmalar aynan Sizning talabangizni qondirish uchun yaratilmagan. Agar Sizga nimadir yoqmasa, boshqa joydan o‘zingizga mos keluvchi materialni qidirib toping.
7. Materiallarni UZTRACKER.ME dan tarmoqning boshqa resurslariga ko‘chirish
7.1. Materiallar tarmoqning boshqa resurslariga ko‘chirilishi qatiyan taqiqlanadi.
8. Qoidabuzarliklar va ularga tegishli choralar ko‘rish
8.1. Treker Ma’muriyati, foydalanuvchilarning xabarlari va tarqatmalari asosiy qoidalarga javob bermagan holda, ularni o‘zgartirish va o‘chirib tashlash, shuningdek, ma’lum bir foydalanuvchilar uchun trekerga kirishni cheklab qo‘yish huqiqiga ega.
8.2. Doimiy qoidabuzar foydalanuvchilar trekerda umuman chetlashtiriladilar (ban).
8.3. Trekerdagi tartib-qoidalarni Ma’muriyat a’zolari - Moderatorlar kuzatib borishadi.
8.4. Moderatorlar hatti-harakatidan norozi bo‘lgan foydalanuvchilar bu haqda moderatorga shaxsiy xabar (ShX) orqali murojaat qilishlari mumkin. Muammo hal bo‘lmagan taqdirda keyingi qarorni Administrator qabul qiladi. Administratorning qarori yakuniy bo‘lib hisoblanadi va muhokama qilinmaydi.
8.5. Reytingi haddan ortiq (0.30 dan past) foydalanuvchilarning akkauntlari avtomatik tarzda o‘chirib tashlanadi. Shuning uchun reytingni bu ko‘rsatkichdan yuqorida saqlashingizni maslahat beramiz.
8.6. Faol bo'lmagan foydalanuvchilarning akkauntlari oxirgi tashrif vaqtidan keyin uch oydan bir yil vaqt oralig‘ida o‘chirib tashlanadi. Turli guruh ishtirokchilari uchun avtomatik o‘chirib tashlash vaqtining aniq intervalini FAQ bo‘limidan topishingiz mumkin.Tarjimon: ibragimof
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 21-Sen 10:59

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas