˂
˃
 

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
9 oy
Xabarlar:
615

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

Dastlab, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov amerikalik bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko'tarilib, hakamlar qaroriga ko'ra g'olib deb topildi. Hakamlar qaroriga ko'ra Fazliddin G'oibnazarov 78:74 hisobida g'alaba qozondi va navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Ma`lumot uchun, Fazliddin shu kungacha prof ringda to'rtta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongandi (2tasida nokaut bilan). Uning raqibi uchun esa bu ilk mag'lubiyat bo'ldi, u shu vaqtgacha beshta jang o'tkazib, barchasida raqiblarini mag'lub etgandi (4tasida nokaut).
 
 
O'zbekistonning ikkinchi vakili, Rio-2016 Olimpiadasi​ finalchisi Shahram G'iyosov nokaut bilan raqibi ustidan g'alaba qozondi. U meksikalik Daniel Echeverriyani birinchi raunddayoq polga qulatdi.  
Shu tariqa, Shahram G'iyosov professional ringdagi uchinchi jangida ham g'alaba qozondi. U bundan avvalgi ikki jangning bittasida ham nokautli g'alabaga erishgandi.
Meksikalik raqib esa ancha tajribali bokschi hisoblanardi. U shu vaqtgacha 24ta jang o'tkazib, ularning 19tasida g'alaba qozongan (17tasi nokaut), 5ta jangda mag'lubiyatga uchragandi (2tasi nokaut).

 
 
Rio-2016 Olimpiadasi va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev o'zining navbatdagi jangida argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga chiqdi. Argentinalik Luis Fernando Molina uning professional ringdagi uchinchi raqibi edi. 6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va o'zbekistonlik sportchi jangni ochkolar hisobiga ko'ra o'z foydasiga hal qildi.
Ahmadaliyev bungacha prof ringda ikkita jang o'tkazib ularning har ikkisida ham muddatidan oldin g'alaba qozongandi. Molina esa 12ta jang o'tkazgan, shundan 7tasida g'alaba qozongan (2tasida nokaut), 4ta jangda mag'lub bo'lgan, bir jangda durang qayd etgandi.

 
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 17-Dek 23:42

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas