vuelta ®

Jins:
Yigit
Staj:
11 oy 6 kun
Xabarlar:
284
Taqiq:

Chempionlar nimani qo‘lga kiritish uchun kurashadilar?Floyd Meyvezer va Konor MakGregor jangi oldidagi so‘nggi press-konferensiyada, chempionlar qo‘lga kiritish uchun kurashayotgan kamarni namoyish etishdi. Ularning jangi g‘olibi uchun maxsus tasdiqlangan «Pulli kamar» (Money Belt) mavjud. Ushbu mukofotni WBC prezidenti Maurisio Sulaymon taqdim etdi.

Kamar o‘z dabdabasi bilan lol qoldiradi — uni tayyorlashda bir yarim kilogram oltin, timsoh terisi, 3360 ta javohir va 160 ta zumrad toshlardan foydalanilgan.

WBC (World Boxing Council, Butundunyo boks kengashi) — chempionlik janglarini o‘tkazish huquqiga ega nomdor to‘rtta tashkilotdan biri. WBC yashil kamarlari — boks muxlislari uchun taniqli va nomdor buyumdir. WBC chempionlari Muhammad Ali, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis, Roy Jons, Oskar De La Xoyalar bo‘lishgan.
WBC tashkiloti shov-shuvli janglar uchun kamarlar o‘ylab topishni yaxshi ko‘radi. Bu jang o‘tkazilayotgan vaqtda qo‘shimcha e‘tiborni tortadi. WBC favoritlaridan biri Floyd Meyvezer, janglar uchun yasalgan maxsus kamarlar uchun bir necha marta kurashgan. Migel Kotto bilan bo‘lgan jangda «Javohirli kamar» mukofot bo‘lgan, Saul Kanelo Alvares bilan jangda «Oltin kamar», Menni Pakyao bilan jangda esa «Zumrad kamar» bo‘lgan.
«Pulli kamar» narxi ma‘lum qilinmagan, ammo 2015 yil Meyvezer va Pakyo kurashgan «Zumrad kamar» ning narxi 1 million dollardan ortiq bo‘lgani ma‘lum. Kamarni Meksikada yasashgan. Uning ustida 20 dan ortiq mutahassis ishlagan.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 22-Iyul 19:17

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas