MRLG ®

Jins:
Yigit
Staj:
1 yil 1 oy
Xabarlar:
461
Taqiq:

Seeder, leecher, tracker, torrent, ratio deganlari nima degani ? (terminlar)
Torrent – Bu fayl o‘zida yuklashga qo‘yilgan fayllar haqida axborot saqlaydi. Kengroq:
a) fayl hajmi, fragmentlar soni, boshqaruvchi summari haqida.
b) siderlar va licherlar haqida ma’lumot saqlaydigan treker haqida.
Torrent fayl barcha odamlar tomonidan tuzilishi va trekerga qo‘yilishi mumkin. Foydalanuvchilar bu faylni yuklab olganlaridan keyin ularning Bittorent klienti torrent-tarqatmadagi fayllar qayerda joylashganligi haqida ma'lumotga ega bo‘ladi. Torrent faylga ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich holos.
Sider(seeder) – ohirigacha olingan va tarqatmaga tayyor faylni diskida ega bo‘lib boshqalarga tarqata oladigan foydalanuvchi.
Licher(leecher) – siderga yaqin ammo u faylni hali yuklayotgan va yuklangan qismlarni tarqatayotgan foydalanuvchi. Ular faylni ohirigacha olib bo‘lgach ular sider hisoblanishadi.
Treker(tracker) – bu:
a) torrent fayllarni o‘zida jamlab va ularni foydalanuvchi klientlariga beruvchi.
b) siderlar va licherlar haqida axborot saqlaydigan va ular o‘rtasida aloqa vositasi ro‘lini o‘ynaydigan.
sayt, to‘g‘rirog‘i saytdagi yurgizgich.
Reyting(ratio) – bu yuklagan va bergan fayllarning hajmining kasri. Tekinxo‘rlarni hech qayerda yoqtirishmaydi. Shuningdek trekerda ham fayl yuklab olish uchun berishni ham bilish kerak. Reytingni ko‘paytirish uchun oxirigacha olgan fayllaringizni berishga qo‘ysangiz bo‘lgani bu sizga hech qanday zarar keltirmaydi!
Anons(announce) - bu torrent fayllar ichidagi xizmatchi adres, ular Bittorrent klientlarga faylni olish uchun qaysi eshikni qoqishni bilishlari uchun kerak. Siz uni ko‘rsatmaysiz uni trekerni o‘zi torrent faylni yuklayotganda qo‘shib yuboradi.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 19-Sen 12:48

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas