˂
˃
 

ganster07 ®

Jins:
Yigit
Staj:
1 yil 2 oy
Xabarlar:
23
Taqiq:

Fotogalereya: Avvallari hayot “qaynagan” tashlandiq maskanlar

AdMe turli sabablar va vaziyatlarga ko‘ra butunlay tark etilgan maskanlarning suratlarini to‘plab, taqdim etdi.
Arjentyera, Italiya

Arjentyera — konchilarning sobiq shaharchasi. Uning nomi “argento” — kumush so‘zidan kelib chiqqan. Bu yerdan kumush qazib olish ishlari qadimgi rimliklar va finikiyaliklar davrida boshlangan. Kumush rudasini qazib olishning gullagan davri XX asrning 40-yillariga to‘g‘ri keladi. Shundan so‘ng inqiroz kuzatilib, kon 1963-yilda butunlay yopilgan.
Kinta-da-Regaleyra, Portugaliya


Afsonalarga ko‘ra, Kinta-da-Regaleyra saroy-kompleksida joylashgan ushbu to‘qqiz qavatli quduq do‘zaxning 9 ta aylanasiga ishora. Avvallari bu joyda masonlar diniy marosimlar o‘tkazganliklari haqida mish-mishlar yuradi.
Gryutviken, Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvich orollari


Gryutviken — bu Buyuk Britaniyaning dengizorti hududlaridan birining ma’muriy markazi. 1904-yilda bu yerda Antarktikadagi birinchi kit ovlash bazasi ishga tushgan. Tashlandiq stansiyada birlamchi vazifasini saqlab qolgan yagona bino — cherkov mavjud. Bu yerda so‘nggi bor 2009-yilning 18-noyabrida nikoh o‘qilgan.
Oradur-syur-Glan, Fransiya


1944-yilning iyunida SS rotasi Oradur-syur-Glan qishlog‘ini vayron qilgan. Natijada qishloqning 642 nafar aholisi halok bo‘lgan. Urushdan so‘ng Fransiya prezidenti bu qishloqda qayta tiklash ishlarini o‘tkazish shart emasligini e’lon qilgan: uning qaroriga ko‘ra, qishloq natsistlarning shafqatsizligidan achchiq yodgorlik bo‘lib qolishi kerak edi.
Mis Romano, AQSh


Bir nechta gumbazlardan iborat bu uy 1980-yilda qurilgan. Ko‘p o‘tmay, uy ostidagi qumlar harakatga kela boshlagan. 2005-yilda uyning yangi egasi uni qayta ta’mirlashni rejalashtirgan, biroq hukumatning yangi qaroriga asosan bu ishni amalga oshira olmagan. Hozirda ushbu uyda hech kim yashamaydi.
Spinalonga, Gretsiya


Spinalonga — Kritning sharqiy qismida joylashgan orol. 1669-yilda Krit Usmoniylar saltanati tomonidan egallangan. Greklar turklarni bu yerdan quvib chiqarish uchun barcha moxovlarni to‘plab, orolga yo‘llagan. Kasallanishdan qo‘rqqan turklar orolni tark etgan.
Ag‘dam, Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi / Ozarbayjon


Ag‘dam 1993-yili, Qorabog‘ urushi vaqtida artilleriya tomonidan o‘qqa tutilgan. Human Rights Watch xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, Ag‘dam egallangach, Tog‘li Qorabog‘ hukumati bu yerda maqsadli talon-taroj uyushtirgan va shaharni yoqib yuborgan.
Xasima, Yaponiya


Xasima — Sharqiy Xitoy dengizidagi orol bo‘lib, bu yerda 600 metr chuqurlikdan ko‘mir qazib olingan. XX asrning 40-yillarida Mitsubishi Corporation bu yerga xitoyliklar va koreyaliklarni olib kelib, majburlab ishlatgan. Orol uzoq yillar davomida Yer yuzidagi aholi eng zich istiqomat qiladigan joy hisoblangan — 1 kvadrat metrga 5 259 kishi to‘g‘ri kelgan. 1974-yili shaxta yopilishi bilan orolni hamma tark etgan.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 15-Noy 11:18

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas