vuelta ®

Jins:
Yigit
Staj:
11 oy 7 kun
Xabarlar:
284
Taqiq:

Lozannadagi Federal politexnika maktabining Intellektual tizimlar labaratoriyasi (EPFL) olimlari yumshoq robotexnika sohasida sensatsiya hisoblangan robotni yaratdi. U to'liq iste`molga yaroqli mahsulotlardan tayyorlangan: jyelatin va glitserin. Barcha detallar - manipulyatordan datchiklargacha, batareyalardan tranzistorlargacha - yeyishli. Quartz shu haqida xabar berdi.
Bu kechki ovqatga robotlarni yeyish - yaxshi g'oya ekanini bildirmaydi, albatta. Ishlab chiqaruvchilarning so'zlariga ko'ra, yangi robotning mazasi u qadar yaxshi emas, biroq u tibiy vazifalarni yaxshi uddalamoqda.
Iste`molga yaroqli robotlarning paydo bo'lishi kelgusida nisbatan kichik o'lchamlardagi shunday qurilmalarning yaratilishi mumkinligini bildiradi, ular yordamida odam organizmini ichidan davolash imkoni yuzaga keladi. Biroq hozircha robotexnikadagi jyelatinning asosiy vazifasi robot-manipulyator uchun o'ta yumshoq qisqichlar hisoblanadi.
"Bunday iste`molga yaroqli robotlarning detallari ozuqaviy yoki farmatsevtik komponentlar bilan aralashgan bo'lishi mumkin, - deydi EPFL tadqiqotchilar guruhi rahbari Dario Floreano. - Eng salohiyatlisi, bizningcha, yeyishli robotlardan organizmning ichki tadqiqotlari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish uchun foydalanishdir".
Olimlarning fikricha, yeyishli robotlar odamlarni yetish qiyin bo'lgan joylardan qutqarishda yordam berishi mumkin, masalan, g'orlar yoki konlarda. Bundan tashqari, robotlarning alohida qismlari sakkizoqyoqning "qisqichlari"ga o'xshab avtonom ishlashi mumkin.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 23-Iyul 03:00

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas