˂
˃
 

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
8 oy 30 kun
Xabarlar:
613

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

Mahalladan «spravka"larni bekor qilish taklif etilmoqda.Amaldagi qonunchilik 51 holatda mahalla ma’lumotnomalari berilishini ko‘zda tutadi. Adliya vazirligi bularni bekor qilish taklifini ilgari surdi.
Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining (mahalla) ma’lumotnomalari va boshqa hujjatlarini taqdim qilish talabini bekor qilishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi tayyorlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatidan «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishdi.
Amaldagi qonunchilik bunday ma’lumotnomalar 51 holatda berilishini ko‘zda tutadi. Biroq amaliyotda mahallalar tomonidan aholiga beriladigan ma’lumotnoma va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni berish tartibi haddan ziyod byurokratlashtirilgan, ba’zi hollarda esa ularni berish uchun noqonuniy to‘lov olish hollari kuzatilib, bu fuqarolarning asosli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, ushbu organlarda ma’lumotlar yo‘qligi sababli, ushbu ma’lumotnomalardagaxborotlarni asosli va to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. O‘z navbatida qonunchilik bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faktlarni o‘rnatish bo‘yicha vakolatlari mustahkamlab qo‘yilmagan.
Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasida 49 ta normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan, mahalla ma’lumotnomalari va boshqa hujjatlarni olish talablarini bekor qilish nazarda tutiladi.
Jumladan, turar joydan (propiska), jumladan birgalikda, ishsizlik (vaqtincha yoki doimiy), bolalarni, yolg‘iz shaxslar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish bo‘yicha vaqt va shaxs haqida tavsifnoma berilishining bekor qilinishi taklif etilmoqda.
Shuningdek, loyiha bilan tegishli xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tasdiqlovchi ma’lumotni tegishli ma’lumotlar bazasini (reyestrlar, ro‘yxatga olish kitoblari, arxivlar va x.k.) yuritishga vakolatli davlat organlaridan so‘rash kerakligi belgilab beriladi.
«Loyihaning qabul qilinishi aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilishini, davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi va ochiqligini ta’minlaydi», — deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.
O‘z navbatida mahallalarning oilaning moddiy ahvoli, a’zolari (qarindoshlik darajasi) va boshqa hujjatlar (kafolat va kafillik xatlari, yozma tavsiyalar va iltimosnomalar) berish huquqi saqlanib qoladi. Bunda ushbu harakatlar xalqqa eng yaqin tuzilma hisoblangan o‘zini o‘zi boshqarish organlari vazifalariga to‘liq mos kelishi hisobga olindi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va markazlashgan ma’lumotlar bazasi (arxivlar, reyestrlar va h.k)ni tashkil qilish natijasida bundan keyin mahallalardan ma’lumotnoma olishga bo‘lgan ehtiyoj kisqarib boraveradi.
Profil ShX

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
8 oy 30 kun
Xabarlar:
613

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

To'g'risini aytaman bu fikr menga juda yoqdi. Ko'plab odamlar mahalla markaziga borib kelaverishni yoqtiravermaydi. Qayerga hujjat topshirmoqchi bo'lsang mahalladan spravka so'raydi.

Mavzu yaratish 10-Iyul-2018 20:17 (2 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

vuelta

Jins:
Yigit
Staj:
1 yil 4 oy
Xabarlar:
300
Taqiq:

tugri gap

Mavzu yaratish 10-Iyul-2018 22:12 (1 soat 55 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

ganster07

Jins:
Yigit
Staj:
1 yil 3 oy
Xabarlar:
23
Taqiq:

Ishga kirish uchun mahalladan spravka

Mavzu yaratish 10-Iyul-2018 22:32 (19 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
8 oy 30 kun
Xabarlar:
613

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

O'qishga qabul ham mahalladan spravka

Mavzu yaratish 10-Iyul-2018 23:05 (33 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
8 oy 30 kun
Xabarlar:
613

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

pasportga qabul ham mahalladan spravka

Mavzu yaratish 10-Iyul-2018 23:06 (28 soniya o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 17-Dek 09:30

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas