vuelta ®

Jins:
Yigit
Staj:
1 yil 1 oy
Xabarlar:
294
Taqiq:

«Caviar» brendi «Taxtlar o‘yini» fanatlari uchun, Starklar Uyi timsollari tushirilgan eksklyuziv telefonlarni chiqardi.
Italiyaning Caviar brendi, o‘zining top smartfonlar va aksessuarlarning eksklyuziv modellarini chiqarishi bilan butun dunyoga mashhur. Bu safar brend «Taxtlar oyini» fanatlari uchun telefonlar kolleksiyasini taqdim etdi. Yettinchi mavsum start olishi munosabati bilan kompaniya, serial timsollari bilan bezatilgan Nokia 3310 va iPhone 7 larni taqdim etdi. «Nokia Game of Thrones» telefoni korpusi toblangan titandan yasalgan bo‘lib, «valiriya po‘lati» naqshi bilan bezatilgan. Bu materialdan Erdard Starkning «Muz» qilichi — Oq Yurgichlar bilan kurashish quroli yasalgan. «Valiriya po‘lati» naqshini dizaynerlar film kadrlaridan mashaqqatli mehnat yordamida chiqarishgan.
Telefonning orqa paneliga Starklar Uyining hajmli gerbini o‘rnatishgan. Gerbda serialning birinchi seriyasi nomi — «Qish yaqin» (Winter is coming) bilan bo‘ri kallasi tasvirlangan. «iPhone 7 Game of Thrones» ham shuningdek «valiriy po‘latidan» yasalgan. Gerbdan tashqari smartfon korpusini Temir Taxt bezatib turibdi. Nokia 3310 ning narxi 149 ming rubl ($2500), iPhone 7 — 199 ming rubl ($3350). Qator cheklangan miqdorda 99 dona chiqariladi. Istakka qarab Lannisterlar, Barateonlar, Tirellar timsollari bilan buyurtma berish mumkin.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 19-Sen 11:37

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas