vuelta ®

Jins:
Yigit
Staj:
1 yil 1 oy
Xabarlar:
294
Taqiq:

Ochiq okeanda 5 oy qolib ketgan ikki amerikalik sayyoh qutqarildiAQShning USS Ashland desant kemasi Yaponiyadan janubiy tomon 1448 km uzoqlikda Tinch okeanida 5 oy qolib ketgan ikki amerikalik ayolni qutqardi. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining rasmiy xabarida ma`lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, Yaponiyaning Sasebo shahrida joylashgan kema dengiz sayyohlari Jyenifer Appel va Tasha Fuiabani 25 oktabrda qutqarib olgan. Ayollar dvigatellari ishlamay qolgan yaxtada bo'lishgan. "Men dengizchilarga ularning vatanimizga xizmatlari uchun minnatdorman. Ular bizning hayotlarni saqlab qolishdi. Ularni ko'rganimizda faxr va quvonch, yengillik his qildik", deb aytgan Jyenifer Appel.
Kema bortida ayollarga kerakli tibbiy yordam ko'rsatilgan. Ular kemada yaqin portga yetib borilguncha qolishadi.
AQSh dengizchilari yaxta haqidagi ma`lumotni 24 oktabrda Tayvanning baliq ovlovchi kemasidan olishgan. Baliqchilar Gumma sohilbo'yi qo'riqlash xizmati bilan, ular esa Tayvan va Yaponiyadagi qutqaruv markazlari bilan bog'lanishgan. So'ngra ma`lumot Gonoluluga yetkazilgan. Yaxtada ayollardan tashqari, yana ikkita it ham bo'lgan.
Ayollarning aytishlaricha, ular Gavayi orollaridan bahorda sayohatga jo'nashgan. 30 may kuni ularning yaxtasi dvigateli ishdan chiqqan. Ayollar yelkan ostida suzish umidida yo'llarini davom ettirganlar. Ular har kuni falokat signalini jo'natib turishgan, biroq hech kim ularni eshitmagan. Appelning aytishicha, ular suvni chuchuklashtiruvchi qurilma va bir yilga yetadigan ozuqa – makaron, guruch va boshqa yeguliklar zaxirasi evaziga jon saqlashgan.
2016 yilda shunga o'xshash voqea Filippin sohillari yaqinida yuz bergan. Yarim cho'kkan yaxtada bir erkakning zo'ravonlik alomatlari bo'lmagan mumiyoga aylanib qolgan jasadi aniqlangan. Aniqlanishicha, jasad nemis yaxtsmeni Manfred Frits Bayoratga tegishli bo'lgan. Yaxta topilishidan avval bir necha oy davomida okeanda o'z-o'zicha suzib yurgan.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 21-Sen 10:33

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas