˂
˃
 

vuelta ®

Jins:
Yigit
Staj:
1 yil 2 oy
Xabarlar:
298
Taqiq:

O'zbekiston bir muddat internetdan uzildi
Bugun, 7 noyabr kuni O'zbekistonda soat 13:50-14:40 oralig'ida internet ishlamadi.
Internetdagi «avariyaviy holat» butun O'zbekiston bo'ylab kuzatilgan, o'zbekistonliklar bu vaqt oralig'ida na mobil qurilmalar orqali va na kompyuterdan internetga ulana olishdi.
Hozircha bu vaziyat yuzasidan barcha provayderlarga internet uzatuvchi «O'zbektelekom» tomonidan rasmiy izoh berilmadi.
O'zbekistonda bunday holat oxirgi marta 2014 yilning 16 yanvarida kuzatilgan, o'shanda yarim soatdan ortiqroq vaqt davomida internetga kirishning imkoni bo'lmagandi.
Ma`lumot uchun, O'zbekiston milliy operatori internetni Qozog'iston hududidan o'tuvchi optik tolali kabel orqali Rossiyadan oladi. Shu optik tolali kabel magistralida ehtimoliy avariya O'zbekistonni internetdan uzib qo'yishi mumkin.
O'zbekistonda bugun 15 milliondan ziyod internet foydalanuvchisi, 21 milliondan ziyod mobil aloqa foydalanuvchisi mavjud. Ularning talab va ehtiyojlarini qondirish uchun 18 mingga yaqin mobil aloqa baza stansiyalari o'rnatilgan va ularning soni oshib bormoqda.
Lekin O'zbekistonda internet sifati ham emas, mobil internet tezligi reytingida O'zbekiston 106-o'rinda, simli internet reytingida 126-o'rinda qayd etilgan.


So‘ngi marta tahrirlandi: vuelta (2017-11-20 12:29), Jami tahrirlangan 5 marta
Profil ShX

Jahon

Jins:
Yigit
Staj:
1 yil 2 oy
Xabarlar:
4
Taqiq:

Qaysi davlatlar kiradi birinchi o'ntalikka? Internet tezligi bo'yicha ?

Mavzu yaratish 09-Noy-2017 20:33 (2 kun 4 soat o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 15-Noy 11:22

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas