˂
˃
 

vuelta ®

Jins:
Yigit
Staj:
1 yil 2 oy
Xabarlar:
298
Taqiq:

O'zbekiston vagonlar eksport qilishni boshladi
Jahonda yo'lovchi vagonlarini zamonaviy tarzda ishlab chiqaruvchi, ta`mirlovchi va eksport qiluvchi zavodlar sanoqlidir. Endilikda, Germaniya, Ukraina, Rossiya, Fransiya, Belarus kabi davlatlar qatorida O'zbekiston ham yo'lovchi vagonlari bilan jahon bozoriga yuz tutdi, deb xabar bermoqda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ axborot xizmati.

Xususan, «O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli «Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta`mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati ilk marotaba “Made in Uzbekistan” tamg'asi ostida o'z mahsulotlarini eksport qila boshladi. Yildan-yilga yo'lovchi vagonlarini qurish jarayonlari taraqqiy etib bormoqda, yangi imkoniyatlar ishga solinayapti. Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan «Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta`mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatida ham bu borada yuksak natijalarga erishilmoqda. Jumladan, metro vagonlarini ta`mirlash ishlari o'zlashtirildi, yangi ko'rinishdagi yo'lovchi vagonlar ishlab chiqarila boshlandi. Joriy yildan boshlab esa korxona mahsulotlari jahon bozoriga chiqdi.
2016 yilda Rossiya va Qozog'iston davlatlari tomonidan mamlakat vagonsozlari ishlab chiqarayotgan 61 911, 61 907 rusumdagi platskart va kupe vagonlariga qiziqish katta bo'lgan edi. Joriy yilda esa ular uchun mo'ljallangan yangi ko'rinishdagi qulay vagonlarni ishlab chiqarishga kirishildi. Yil oxiriga qadar 5 ta platskart va yana shuncha kupe vagonlariga buyurtmalar kelib tushdi. Bu borada joriy yilning iyun oyida jahon standarti sertifikati qo'lga kiritildi.
Mazkur vagonlar oldingisidan ancha farq qiladi. Bunisida yo'lovchilar uchun bir qator qo'shimcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, ilk bor zamonaviy suv va havoni tozalash uskunalari o'rnatildi, yoritish tizimi butunlay o'zgartirildi. Vagon ichini jihozlashda yorqin ranglardan foydalanilgan. Isitish va sovutish tizimlarining zamonaviyligi esa yo'lovchilarga qishning izg'irin kunlarida hamda jazirama yozda ham mo'`tadil havoni ta`minlab beradi. Vagonni tayyorlash jarayonida yo'lovchilarning xavfsizligiga ham alohida e`tibor qaratilgan. Zamonaviy dizayn buyurtmachilar talabi asosida ishlab chiqilgan.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 15-Noy 11:43

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas