˂
˃
 

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
9 oy
Xabarlar:
615

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

aa Assalomu Aleykum, trekerimiz ahli. Bugun sizlarga ancha oldindan beri sir saqlanib kelinayotgan sirni ochmoqchiman. Bu qanday sir. Gap shundaki taxminan 2013 yillardan beri judayam tiniq sifatdagi tarjima kinolar chiqa boshladi. Buning ustiga tiniq sifatli kinoning ustiga yana ajoyib bonus 2-3 ta til biriktirilgan holatda ommaga taqdim etilardi. Aslida bunaqa sifatdagi kinolarni montaj qilishni alohida kasb qilib, ommalashtirib yuborish kerak edi, lekin baxtga qarshi bu shunchaki hobbiga aylanib qoldi. Xo’sh, judayam tiniq sifatli tarjima nima degani – bu bitta sifatli kinoni tanlab, unga qandaydir dasturlar orqali o’zbekcha ovoz yo’lakchasini biriktirib chiqishdir. Qo’shimchasiga yana qandaydir dastur orqali unga 1-2 ta tillarni biriktirish esa juda a’lo darajadagi ish bo’ladi. Bugun sizlar bilan mana shu sirning mohiyati nimada ekanligini bosqichma bosqich o’zim foydalanadigan metoddan (ko’pchilik shu metoddan foydalansa kerak) sizlarga ham o’rgatmoqchiman. Demak o’sha mashhur sirning, ya’ni HD tarjima kinoni montaj qilish jarayonlarini siz bilan birga bosqichma bosqich boshlaymiz.
Boshlashdan oldin o’zimizga bir qancha savollar bilan murojat qilamiz:
    1. Qaysi video redaktordan foydalansam bo’ladi?
    Javob: Biz sizga Videopad Video Editor nomli redaktorni tavsiya etamiz. Sababi judayam soda va tushunishga oson dastur. Ko’pgina formatlar bilan ishlasa bo’ladi.
    2. Qaysi converterdan foydalansam bo’ladi?
    Javob: Ochig’i farqi yo’q. Sizga tavsiya etgan bo’lar edik, Format factory. Sababi judayam sodda.
    3. Ovoz yo’lakchasini qaysi dastur orqali sekinlashtirsam bo’ladi?
    Javob: Bu savol ko’pchilikni qiziqtiradi. Ovoz yo’lachasini Wavepad Sound Editor orqali sekinlashtirish mumkin. Qanday qilib degan savolga jarayon davomida tushuntirib boriladi. Men o’rgatmoqchi bo’lgan prinsip kadr tezligi 23.976 fps bo’lgan kinolar uchun.
    4. Qanday qilib kinoda 2-3 ta til qilib montaj qilishim mumkin?
    Javob: MKVToolNIX dasturi orqali bajariladi. Qanday bajarishni jarayon orqali o’rgataman.
    cc Eslatma : Bu prinsip kadr tezligi 23.976 fps va kadr tezligi 25.000 fps bo’lgan kinolar orasidagi bog’lanish. Aslo unutmang hozir ko’rsatadigan metod bilan kadr tezligi 25.000 fpsni 60.000 fps bilan bog’lashga urunmang, foydasi yo’q asabingiz charchagani qoladi! aq bu
Demak boshladik!
1-bosqich:
Dastavval VideoPad Video Editorni ochamiz. Unga sichqonchaning o’ng tomonini bosish orqali Добавит видео yoki CTRL+M kombinatsiyasi orqali HD sifatdagi kinoni qo’shamiz:

1-bosqich

2-bosqich:
O’zbekcha tarjima sifatsiz kinodan ovoz yo’lakchasini ajratib olishimiz kerak. Buning uchun bizga Format Factory dasturi yordam beradi. Amallarni bajargach Start tugmasi bosiladi. Qanday qilib ajratib olish rasmda ko’rsatilgan:

2-bosqich

3-bosqich:
Ajratib olingan ovoz yo’lakchani sichqonchaning o’ng tomonini bosish bilan Открыть конечную папку buyrug’i orqali qayerga saqlab qo’yganingizni ko’rishingiz mumkin. Keyinchalik ajratib olingan ovoz yo’lakchani Wavepad Sound Editor dasturiga qo’shamiz. Jarayonni rasmda ko’rishingiz mumkin:

3-bosqich

4-bosqich:
Wavepad Sound Editor dasturida ishlov berilgan ovoz yo’larchasini quyidagi buyruq orqali saqlab olamiz: File => Save file as papkani tanlaysiz tamom. Saqlab olgan ovoz yo’lakchamizni VideoPad Video Editor dasturiga qo’shamiz. Jarayon quyidagicha:

4-bosqich

5-bosqich:
Qo’shilgan ovoz yo’lakchani ishlov berish maydoniga qo’shamiz. Jarayonning eng qizig’I mana shu yerda. Bu jarayonni unutmang. 1-2 soatda bajariladigan ish emas (boshlovchilar uchun). Bora bora professional bo’lganingizdan keyin 1-2 soatda ham taxlasa bo’ladi. Har bir borayotgan to’lqinga e’tibor bering. Birma bir playni bosish orqali ovoz yo’lakchasi filmdagi aktyorlar gapirayotgan ovozga tushushi kerak.
ccEslatma: Kinoning har bir joyi mos kelmasligi mumkin. Sababi TV dagi ishchilar mentalitetimizga to’g’ri kelmaydigan joylarni kesib tashlashadi…
E’tibor bering, bitta joyda mos kelgan ovoz yo’lakchasi boshqa joyda mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun ovoz yo’lagini kesib tashlab yana taxlab ketaverasiz.
Yordam: Sichqonchaning tepasidagi rolik yuqoriga va pastga yurgazish orqali ovoz yo’lagining qandaydir milli sekundlarigacha olib borish mumkin. Bu juda kata ishni bajaradi. Agar buni qo’llamasangiz asabingizni charchatasiz. Sababi kino bilan ovoz yo’lagi salgina surish bilan ish bitmaydi, shuning uchun uni rolik orqali sekundlargacha yaqinlashtirish kerak.
cc Eslatma: Kinoni ishlov berish maydoniga qo’shganingizdan keyin ovoz yo’lakchasining ovozini o’chirib qo’yishni unutmang. Sababi o’zbekcha va ruscha ovozlar aralashib montaj qilingan kinoyingiz dabdalasi chiqishi hech gap emas. Shuncha mehnatingiz zoe ketadi. aq Buni unutmang…

5-bosqich

6-bosqich:
Montaj qilingan kinomizni saqlab qo’yishimiz kerak. Jarayon quyidagicha:

6-bosqich

Qo'shimcha! Tayyorlangan kinoni ko'p tilli qilish:
    1. Tayyorlangan kinoni yana Format Factory orqali convert qilasiz.
    2. MKVToolNIX dasturini ochasiz.
    3. HD kinoni qo'shasiz.
    4. Convert qilingan ovoz yo'lakchasini qo'shasiz.
    5. Sozlashlarini bajarasiz.
    6. Выполнить слияние bosish orqali tillarni biriktirasiz.

Tushunmasangiz rasmni ko'ring!

Hammangizga omad va sabr tilayman. Bu jarayonni bajarishda sabrli bo'ling!


So‘ngi marta tahrirlandi: AxeL (2018-08-26 20:07), Jami tahrirlangan 3 marta
Profil ShX

XVII

Jins:
Ko‘rsatilmagan
Staj:
8 oy 18 kun
Xabarlar:
119

Qayerdan: Surkhandarya

Taqiq:

HUrmatli Axel men ham shunday yo`riqnoma tayyorlash imkonim bormi? yoki shu yerda izohlarda yozaymi?

Mavzu yaratish 25-Avg-2018 22:32 (1 soat o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

XVII

Jins:
Ko‘rsatilmagan
Staj:
8 oy 18 kun
Xabarlar:
119

Qayerdan: Surkhandarya

Taqiq:

men sizlarga Womble Mpeg Video Wizardni tavsiya qilishim mumkin bu dastur ham ancha qulay bulib bir yula 2 ta videofayl va audio fayl bilan ishlash imkonini beradi/
Bu dasturni bitta |-| tomoni fps ni tugirlashni iloji hali topilmagani ))

Mavzu yaratish 25-Avg-2018 22:41 (8 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
9 oy
Xabarlar:
615

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

5900HUrmatli Axel men ham shunday yo`riqnoma tayyorlash imkonim bormi? yoki shu yerda izohlarda yozaymi?
assalom aleykum, yangi mavzu ochib tayyorlasangiz bo'ladi, bu yerga savollar berilsa kerak

Mavzu yaratish 25-Avg-2018 22:56 (15 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
9 oy
Xabarlar:
615

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

5901
men sizlarga Womble Mpeg Video Wizardni tavsiya qilishim mumkin bu dastur ham ancha qulay bulib bir yula 2 ta videofayl va audio fayl bilan ishlash imkonini beradi/
Bu dasturni bitta |-| tomoni fps ni tugirlashni iloji hali topilmagani ))
VideoPad Video Editorda ham bir yo'la ikkita balki bir nechta projectlar bilan ishlasa bo'ladi, men sizga shu dasturni tavsiya qilaman

Mavzu yaratish 25-Avg-2018 22:59 (2 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

XVII

Jins:
Ko‘rsatilmagan
Staj:
8 oy 18 kun
Xabarlar:
119

Qayerdan: Surkhandarya

Taqiq:

fpsnı bıronta konvert qıladıgna dastur orqalı tugırlasa buladımı

Mavzu yaratish 25-Avg-2018 23:39 (40 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
9 oy
Xabarlar:
615

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

5904fpsnı bıronta konvert qıladıgna dastur orqalı tugırlasa buladımı
hozircha bilmadim, lekin WavePad Sound Editor eng soddasi eng yahshisi, shu dasturdan foydalanib ko'ring...

Mavzu yaratish 26-Avg-2018 00:01 (21 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

Unofficial

Jins:
Yigit
Staj:
8 oy 21 kun
Xabarlar:
446

Qayerdan: Nukus

Taqiq:

AxeL, soxranit qilamizmi shundan keyin?

Mavzu yaratish 26-Avg-2018 12:08 (12 soat o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
9 oy
Xabarlar:
615

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

Unofficial, ha soxranit qilasiz, keyin Videopadga qo'shib ishlov berish maydoniga tashlaysiz va tekshirib ko'rasiz

Mavzu yaratish 26-Avg-2018 12:10 (2 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
9 oy
Xabarlar:
615

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

qanaqa savollar bo'lsa bemalol, hammasiga javob berishga harakat qilaman, darslik yoqqan bo'lsa sizlardan bitta like...

Mavzu yaratish 26-Avg-2018 12:55 (44 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

Unofficial

Jins:
Yigit
Staj:
8 oy 21 kun
Xabarlar:
446

Qayerdan: Nukus

Taqiq:

5909Unofficial, ha soxranit qilasiz, keyin Videopadga qo'shib ishlov berish maydoniga tashlaysiz va tekshirib ko'rasiz
qanday soxranit qilamiz? men soxranit qilganday bo'ldim, lekin qayerga tushganini bilmayabman yoki avvalgi format factory qilgan mp3 ni ustiga yoziladimi?

Mavzu yaratish 26-Avg-2018 12:57 (2 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
9 oy
Xabarlar:
615

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

5911qanday soxranit qilamiz? men soxranit qilganday bo'ldim, lekin qayerga tushganini bilmayabman yoki avvalgi format factory qilgan mp3 ni ustiga yoziladimi?
yo'q boshga joyga boshqacharoq nom bilan soxranit qilasiz, qayerga soxranit qilganingizni eslab qoling 4 bosqichni ko'ring

Mavzu yaratish 26-Avg-2018 12:59 (1 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

Prince

Jins:
Yigit
Staj:
5 oy
Xabarlar:
18

Qayerdan: Jizzakh CITY

Taqiq:

Bir vaqtda ikkita video bilan ishlekkan va video MKV va HEVC formatdagi videolar bilan ishlasa buladigan programmalar bormi?

Mavzu yaratish 26-Avg-2018 13:11 (11 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

AxeL ®

Jins:
Yigit
Staj:
9 oy
Xabarlar:
615

Qayerdan: Gronland, Norway

Taqiq:

5913Bir vaqtda ikkita video bilan ishlekkan va video MKV va HEVC formatdagi videolar bilan ishlasa buladigan programmalar bormi?
bir vaqtda deb aytayotgan tushunchangizni agar tushungan bo'lsam mana buni aytayapsiz, mkv format bilan VideoPad ham ishlay oladi

Mavzu yaratish 26-Avg-2018 18:08 (4 soat o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX

Prince

Jins:
Yigit
Staj:
5 oy
Xabarlar:
18

Qayerdan: Jizzakh CITY

Taqiq:

5916
5913Bir vaqtda ikkita video bilan ishlekkan va video MKV va HEVC formatdagi videolar bilan ishlasa buladigan programmalar bormi?
bir vaqtda deb aytayotgan tushunchangizni agar tushungan bo'lsam mana buni aytayapsiz, mkv format bilan VideoPad ham ishlay oladi
yo Видео дорожка 1 shuni pasida audio turipti, audioni urniga Видео дорожка 2 qilib ishlasa bo'ladimi?

Mavzu yaratish 26-Avg-2018 18:43 (35 daqiqa o‘tgach)

Iqitibos

Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 18-Dek 00:27

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas