vuelta ®

Jins:
Yigit
Staj:
11 oy 7 kun
Xabarlar:
284
Taqiq:

Sifatli buyumni qalbakisidan ajratishni o‘rganamiz: 5 maslahat
Biron bir buyumni sotib olish uchun borayotganingizda, diqqatingizni faqat buyumlarning quyida keltirilgan sifatlariga qaratishga o‘zingizni oldindan tayyorlang. 1-maslahat: Agar siz paxtadan qilingan buyum olmoqchi bo‘lsangiz, gazlamaning burchagini kaftingiz ichida siqing. Agar gazlama g‘ijim bo‘lsa va g‘ijimlangan qog‘ozga o‘xshab qolsa, demak u – tabiiy paxta emas. U birinchi yuvishdan keyin o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi va eskidek bo‘lib ko‘rinadi.
2-maslahat: Tikishning mahkamligini bilish uchun choklarini tekshiring. Agar gazlamani chok qilingan joyidan tortsangiz, unda ko‘z oldingizda tikishning sifati haqidagi manzara paydo bo‘ladi. Tig‘iz tikishlar va mahkam chok – buyumlar sifatining yaxshiligi belgisi. Sifatsiz mahsulotlarning tikish joylarida ochiq joylar qoladi, agar ular tortilsa choklar cho‘ziladi.
3-maslahat: Sifatli buyumlardagi zanjirsimon yopqichlar metalldan yasaladi va har doim planka bilan yopilgan bo‘ladi. Bunga albatta e’tibor bering. Bunday yopqichlar ishonchli va uzoq vaqt xizmat qiladi.
4-maslahat: Buyumning qayrilgan joyiga e’tibor bering. U shim va yubkalarda 4 smdan kam bo‘lmasligi, bluzka va ko‘ylaklarda – 2 sm gacha bo‘lishi kerak. Agar qayrilgan joyi kichikroq yoki umuman yo‘q bo‘lsa, buyumning chekkasi overlok qilingan bo‘lsa, unda bu buyumning sifati pastligidan darak beradi.
5-maslahat: Gazlamaning tortilganidan keyin o‘z shakliga qaytish xususiyatini tekshiring. Gazlamani biroz torting va yana darrov qo‘yib yuboring. Agar u cho‘zilsa va yana o‘z shakliga qaytsa, unda bu sifatli gazlama ekanligidan dalolat beradi.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 23-Iyul 03:22

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas