ganster07 ®

Jins:
Yigit
Staj:
10 oy 29 kun
Xabarlar:
21
Taqiq:

Xiaomi Redmi Note 5: smartfonning “jonli” suratlari paydo bo‘ldi- -Gap-so‘zlarga qaraganda, Xiaomi kompaniyasi Redmi Note liniyasida ikkitalik kamera va hoshiyasiz ekranga ega bo‘lmagan arzon smartfonlarni ishlab chiqarmoqda, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.
Tarmoqlarda ikkitalik kameraga va juda ingichka hoshiyaga ega Redmi Note 5 smartfonining suratlari paydo bo‘lgan edi. Nashrning ma’lum qilishicha, ushbu suratlar soxta bo‘lgan, chunki smartfonning yaqinda paydo bo‘lgan “jonli” suratlarida u boshqacha ko‘rinishga ega.
Redmi Note 5 orqa tomoni bilan o‘zidan oldingi Redmi Note 4’da umuman farq qilmaydi. Unga ham metall korpus ishlatilgan, barmoq izi skaneri va kamera obyektivi o‘rin olgan.- -Asosiy o‘zgarishlar qurilmaning old tomonida. U mutlaqo hoshiyasiz bo‘lmaydi, biroq ular sezilarli darajada ingichkalashadi. Shuningdek, display burchaklari LG G6’niki kabi yoysimon ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfonga Snapdragon 617 protsessori o‘rnatiladi. Shu bilan birga uning boshqa texnik tavsiflari ham ma’lum:
Displey: 5,5 dyuymli Full HD;
Protsessor: Snapdragon 617 yoki 653;
Xotira: 3/4 gigabayt tezkor hamda 32/64 gigabayt ichki xotira;
Kamera: 16 megapikselli asosiy va 12 megapikselli frontal;
Akkumulyator: 4000 mA/soat;
Operatsion tizim: Android 7.1.1 Nougat.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 23-Iyul 03:05

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas