vuelta ®

Jins:
Yigit
Staj:
11 oy 6 kun
Xabarlar:
284
Taqiq:

Yer orbitasida qaysi davlat ko'proq "chiqindi" qoldirgani aniqlandi AQSh Yer atrofidagi orbitada qoldirilgan koinot chiqindilari miqdori bo'yicha yetakchilik qilmoqda, deb yozmoqda Buisness Insider nashri.
Ma`lum qilinishicha, orbitada yaroqsiz holga kelgan sun`iy yo'ldoshlar, koinot stansiyalar va raketalarning 14 mingdan ko'proq bo'lagi uchib yuradi. Har kuni ularning miqdori ortib bormoqda. Bunga esa uchta yirik davlatning koinotdagi faoliyati sababdir, deb aytilgan maqolada.
Nashr jurnalistlari ochiq manbalarga asoslangan holda, bu davlatlar orbitada qancha "chiqindi" qoldirishganini hisoblab chiqishdi. Aniqlanishicha, ushbu chiqindalarning katta miqdori uchun AQSh javobgardir: ularning hisobida 3999 ta yirik ob`yekt bor. Rossiya esa AQShdan bu borada 38 ta ob`yektga "ortda qolmoqda".
3-o'rinni Xitoy egallamoqda, uning hisobida 3475 ta koinot chiqindisi bor. Mualliflarning ta`kidlashicha, chiqindilarning aksariyati 2007 yilda sun`iy yo'ldoshlarga qarshi qurolning sinovlari o'tkazilishi natijasida vujudga kelgan.
Mualliflarning ogohlantirishicha, bu bo'laklarning ko'payishi "Kessler sindromi"ga olib kelishi mumkin – bunda orbitaning kuchli ifloslanishi oqibatida unda koinot qurilmalarini joylashtirishning imkoni bo'lmay qolishi mumkin.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 22-Iyul 19:31

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas