vuelta ®

Jins:
Yigit
Staj:
11 oy 6 kun
Xabarlar:
284
Taqiq:

“Yevrosement” O'zbekistonda sement zavod qurilishiga 160 mln dollar sarmoya ajratadi Xitoyning CNBM kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Beijing Triumph International Engineering O'zbekistonda “quruq” usul bilan yiliga 3 mln tonna sement ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi uchun tenderni yutib chiqdi. Kelishuv qiymati kamida 160 mln dollar bo'lib, loyiha 2020 yilgacha amalga oshiriladi.
Bu haqdagi kelishuvni “Yevrosement grup” kompaniyasi boshliqlari kengashi raisi Filaret Galchev va “O'zqurilishmateriallar” AJ boshqaruv raisi Botir Zaripov O'zbekiston va Rossiya bosh vazirlari Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov ishtirokida imzolaganlar.
Bu zavod yuqori texnologik qurilma bilan jihozlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik sement zavod bo'ladi. Zavodni loyihalashtirish, qurish, qurilmalarni montaj qilish, xodimlarni o'qitish kabi ishlar amalga oshiriladi. Yangi zavod “Ohangaronsement” korxonasi negizida qurilishi rejalashtirilmoqda.
“Yevrosement grup” dunyodagi eng yirik beshta sement kompaniyasidan biri hisoblanadi hamda Rossiya, Ukraina va O'zbekistondagi 19 ta sement zavodi, temirbeton, temirbeton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodlar va norudali materiallar qazib olish karerlarini birlashtiradi.
Profil ShX
Xabarlarni ko‘rsatish:    

Hozirgi vaqt: 22-Iyul 19:17

Vaqtlar farqi: UTC + 5



Siz mavzu yaratishingiz mumkin emas
Siz xabarlarga javob qaytarishingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin emas
Siz o‘z xabarlaringizni o‘chirishingiz mumkin emas
Siz so‘rovlarda ovoz berishingiz mumkin emas
Siz xabalarga fayllarni biriktirishingiz mumkin emas
Siz fayllarni ko‘chirishingiz mumkin emas